• Dilso'z - Bir marta sevaman qo'shiq matni, lyrics

    Dilso'z

    Bir marta sevaman

    Bir marta “kelaman” desang yetardi,
    Bir marta “o`shaman” desang yetardi,
    Bir marta “sevaman” desang yetardi,
    Dildagi dardlarim shunda ketardi.

    Ayt, seni yana kim sevadi mendek?
    Yana kim poyingga to`kilar guldek? (x2)
    Sensiz lahzalarim o`tmoqda yildek,
    Bir marta “sevaman” desang yetardi. (x2)

    Bir marta “kelaman” desang yetardi,
    Bir marta “o`shaman” desang yetardi,
    Bir marta “sevaman” desang yetardi,
    Dildagi dardlarim shunda ketardi.

    Men sendan diydorlar so`ramayman, yo`q,
    Guling bo`lay, gulzorlar so`ramayman, yo`q! (x2)
    Lekin firoqqa ham chidamayman, yo`q,
    Bir marta “kelaman” desang yetardi. (x2)

    Bir marta “kelaman” desang yetardi,
    Bir marta “o`shaman” desang yetardi,
    Bir marta “sevaman” desang yetardi,
    Dildagi dardlarim shunda ketardi.

    Uzma umidimni, sindirma ko`nglim,
    Kelgin, o`zga yorga qolmasin kunim. (x2)
    Mening ismim Sevgi, sen esa sevgim,
    Bir marta “o`shaman” desang yetardi. (x2)

    Bir marta “kelaman” desang yetardi,
    Bir marta “o`shaman” desang yetardi,
    Bir marta “sevaman” desang yetardi,
    Dildagi dardlarim shunda ketardi.

    Bir marta “sevaman” desang yetardi…

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.