Dilso'z - Hayot bozori qo'shiq matni, lyrics

Dilso'z

Hayot bozori

Alam qilar boshqasi qarab qo`ysa san tomon,
Rashkimdan oh ichlarim yonib ketadi yomon.
Kerakligingni bilib, yurakga o`t yoqasan,
Sevgi to`la qalbimni olovlarga otasan.

Bir umr bir donam bo`l, rashkimga bermagin yo`l,
Sevgimizni ko`rsin o`zgalar.
Oyingman – quyoshim bo`l, bog`ingda bo`layin gul,
O`zgalar olsinlar andoza.

Hayot bozorida sevgi, jonim, aslida tekin,
Qizg`onmasdan sevgingni, sevgin, mani ham sevgin.
Seni, seni, seni deganman-u sen ham bir mani degin,
Qizg`onmasdan sevgingni, sevgin, mani ham sevgin.

Shirin gaplarni aytsam, buncha o`zing olasan,
Yo ataylab o`zingni go`llikga solvolasan.
Topay desamda man ham ishqingning vafosini,
To`rt tomonga sochilgan sevgingning havosini.

Bir umr bir donam bo`l, rashkimga bermagin yo`l,
Sevgimizni ko`rsin o`zgalar.
Oyingman – quyoshim bo`l, bog`ingda bo`layin gul,
O`zgalar olsinlar andoza.

Hayot bozorida sevgi, jonim, aslida tekin,
Qizg`onmasdan sevgingni, sevgin, mani ham sevgin.
Seni, seni, seni deganman-u sen ham bir mani degin,
Qizg`onmasdan sevgingni, sevgin, mani ham sevgin.

Hayot bozorida sevgi, jonim, aslida tekin…
Seni, seni, seni deganman-u sen ham bir mani degin,
Qizg`onmasdan sevgingni, sevgin, mani ham sevgin.

Ushbu qo`shiq matni uchun Layla Rolaga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Hayot bozori
Xonanda:
Dilso'z
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 30, 2018