Dilso'z - Jonimni ozori

Dilso'z

Jonimni ozori

Xayolimda uzundan-uzun ko’chalar,
Seni topaman degan umid bor.
Qayda yurasan, bedorman,
Meni yolg’iz qo’yasan.

Aylana yana tongda yo’lda turaman,
Aqldan ozib qolar gumon bor.
Senga baribir, ozodsan,
Meni yolg’iz qo’yasan.

Jonimning ozori, yuragimning xumori,
Bilasan, ko’zlaringni sog’inib seni sevaman.
Aldama meni, begonam dema meni,
Kelasan, yo’llaringni sog’inib seni sevaman.

(Seni-seni, seni-seni,
Seni-seni sevaman, sevaman.(x2))

O’ylama dema, daydi o’yda betayin,
Seni sevib qolganimmi aybim?
Tuyg’ularimdan kecholmay,
Ozoringda yonaman.

Aylanadi xayolda qayta-qaytadan,
Sir bo’lib ko’zimda qoldi dardim.
Qarashlaringdan adoman,
Doim yuragimdasan.

Jonimning ozori, yuragimning xumori,
Bilasan, ko’zlaringni sog’inib seni sevaman.
Aldama meni, begonam dema meni,
Kelasan, yo’llaringni sog’inib seni sevaman.

Jonim… yuragim… sog’inib seni sevaman. (x2)

Sevaman… sevaman… seni sevaman, sevaman.
Sevaman, seni sevaman… seni sevaman, sevaman.

Jonimning ozori, yuragimning xumori,
Bilasan, so’zlaringni sog’inib seni sevaman.
Aldama meni, begonam dema meni,
Kelasan, yo’llaringni sog’inib…

Jonimning ozori, yuragimning xumori,
Bilasan, so’zlaringni sog’inib seni sevaman.
Aldama meni, begonam dema meni,
Kelasan, yo’llaringni sog’inib seni sevaman.

(Seni-seni, seni-seni,
Seni-seni sevaman, sevaman.
Seni-seni, seni-seni, seni-seni…)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Jonimni ozori
Xonanda:
Dilso'z
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 16, 2015