• Dilso'z - Kutaman kelsangiz agar

    Dilso'z

    Kutaman kelsangiz agar

    Eski shahar taraf keling,
    Bilmasangiz so’rab keling, (x2)
    Sog’ingan bo’lsangiz agar,
    Kutaman, kelsangiz agar. (x2)

    Sochlaringiz tarab keling,
    Oynaga ham qarab keling, (x2)
    Sog’ingan bo’lsangiz agar,
    Kutaman, kelsangiz agar. (x2)

    Pahlavon beshta akam bor,
    Yana uchta sho’x ukam bor, (x2)
    Qo’rqmasangiz agar,
    Kutaman, kelsangiz agar. (x2)

    Otamning jahli yomon,
    Bilsa qo’ymas omon, (x2)
    Lahzada mushtin tugar,
    Kutaman, kelsangiz agar. (x2)

    Eski shahar taraf keling,
    Bilmasangiz so’rab keling,
    Sog’ingan bo’lsangiz agar,
    Kutaman, kelsangiz agar.

    Sog’ingan bo’lsangiz agar,
    Kutaman, kelsangiz agar.

    Onam uyning bekasi,
    Man ularning erkasi, (x2)
    Erkaligim ham tugar,
    Kutaman, kelsangiz agar.

    Erka qizligim ham tugar,
    Kutaman, kelsangiz agar.

    Ko’nsangiz gar shartiga,
    Aylanib yigit mardiga, (x2)
    Yorim sevsangiz agar,
    Kutaman, kelsangiz agar. (x2)

    Eski shahar taraf keling,
    Bilmasangiz so’rab keling, (x2)
    Sog’ingan bo’lsangiz agar,
    Kutaman, kelsangiz agar. (x2)

    Eski shahar taraf keling…