Dilso'z - Onam

Dilso'z

Onam

Deydilar: “Bolaning ko`zi nam bo`lsa,
Onaning qalbini tirnarkan og`riq.”
Deydilar: “Gar farzand ko`ngli shod bo`lsa,
Ona uchun bo`lmas ekan baxt shundan ortiq.”

Guldayin nozigim, beqiyos boyligim,
Dildagi shodligim, farishtam, mening onam.
Guldayin nozigim, beqiyos boyligim,
Dildagi shodligim, farishtam, mening onam.

Onam-a, onam-a, onam-a, onam,
Mehribonim, munisim, yolg`izim onam.
Onam-a, onam-a, onam-a, onam,
Sajdagohim, Ka’bam mening, hikmatim onam.

Suv so`rasam, suv emas, choylar uzatgan,
Dard cheksam, dori emas, mehri tuzatgan.
Suv so`rasam, suv emas, choylar uzatgan,
Dard cheksam, dori emas, mehri tuzatgan.

Oqshom bedor kutib, yana sahar kuzatgan,
Nafis yuzli, beminnatim, jannatim onam.
Oqshom bedor kutib, yana sahar kuzatgan,
Nafis yuzli, beminnatim onam.

Onam-a, onam-a, onam-a, onam,
Mehribonim, munisim, yolg`izim onam.
Onam-a, onam-a, onam-a, onam,
Sajdagohim, Ka’bam mening, hikmatim onam.

Ushbu qo’shiq matni uchun Shahriyor Toshev (@shaxrickpro)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Onam
Xonanda:
Dilso'z
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 11, 2016