Dilso'z - Tasalli

Dilso'z

Tasalli

Joningizdan jon uzsa ham,
Ko’ngillarni buzsa ham, (x2)
Yuraklarni ezsa ham,

Yig’lamang, jon onam,
Rozi bo’ling, jon otam. (x2)

Ipsiz bog’langan xonam,
Ko’ksim ostida nolam,
Birov xasmi qiz bola,

Yig’lamang, jon onam,
Rozi bo’ling, jon otam. (x2)

Mehmonligin biladi,
Bilib, bag’ringiz tiladi,
Ko’payishib keladi,

Yig’lamang, jon onam,
Rozi bo’ling, jon otam. (x2)

Yig’lamang deyman-u o’zim,
O’zimga bo’ysunmas so’zim, (x2)
Tinmayin yoshlanar ko’zim,

Yig’lamang, jon onam,
Rozi bo’ling, jon otam. (x2)

Yig’lamang, jonim onam,
Rozi bo’ling, jon otam.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Tasalli
Xonanda:
Dilso'z
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 30, 2015