• Dineyra - Aniq bilaman

    Dineyra

    Aniq bilaman

    Aniq bilaman, sen mening yonimda bo’lmasang ham,
    Xayollaringda va yuragingda men borman.
    Aniq bilaman, ko’zlaringni shu dam kormasam ham,
    Toki uradi yuragim senga zorman.

    Aniq bilaman, harorating emas olis,
    Izlayveraman topmagunimcha to seni.
    Nega bu hayot aylamadi bizga sevgi?
    Izlagin, bir kun topasan albatta sen meni.

    Qaydan izlayin seni, qolmadi menda mador,
    Qaydan izlayin seni, bu kun yuragim abgor.
    Nega bu hayot, aytgin menga buncha beshafqat?
    Nega toki hayot kurashar sevgi va nafrat?

    Aniq bilaman, bahorim xazonga aylansa ham,
    Hatto bir zumga unutmaysan sen meni.
    Aniq bilaman, ko’zlarimni hech ham etmayman nam,
    Jonim, izlayman va topaman albat seni.

    Ishondim qachonlardir sani topishimga,
    Sog’indim ko’zlaringni, qolmadi madorim.
    Yasholmayman, tabassuming tunlari tushimda,
    Borimsan, jonimsan, hayotim, ozorim.

    Topmadim izlaganda nega men seni?
    Jonim, bu hammasi taqdirdan sinov.
    Hayot bu sahna, ayriliq egdi meni,
    Tushundim – vaqt ekan har narsaga davo.

    Qaydan izlayin seni, qolmadi menda mador,
    Qaydan izlayin seni, bu kun yuragim abgor.
    Nega bu hayot, aytgin menga buncha beshafqat?
    Nega toki hayot kurashar sevgi va nafrat? (x2)

    O'xshash qo'shiqlar matnlari