Dineyra - Bahor

Dineyra

Bahor

Qalbda gul ochar, har yonda bahor,
Sevgim yonimda,
Sevgi nur sochar, har yonda bahor,
Sevgim yonimda.

Ko’p-ko’p sog’intirib yuraklarni,
Lek qaytasan,
Sen-sen sevgi fasli va ramzisan,
Zor etmasdan, bahor abadiy qol.

Ifor tarat har yonga sen,
Sevgi baxsh et insonga sen,
Nega ayt bahor, ayta qol,
Nega ayt bahor, tark etasan bizni yana?

Qalbda gul ochar, har yonda bahor,
Sevgim yonimda,
Sevgi nur sochar, har yonda bahor,
Sevgim yonimda.

Sevgimla shu dam baxtiyorman juda,
Sening bag’ringda hayotim go’zal o’tar.
Yomg’irlarga talpingan gul o’xshar yuragimga,
Abadiy muhabbat tomon talpinar.

Ifor tarat har yonga sen,
Sevgi baxsh et insonga sen,
Nega ayt bahor, ayta qol,
Nega ayt bahor, tark etasan bizni yana?

Qalbda gul ochar, har yonda bahor,
Sevgim yonimda,
Sevgi nur sochar, har yonda bahor,
Sevgim yonimda.

Sevgimla shu dam baxtiyorman juda,
Sening bag’ringda hayotim go’zal o’tar. (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bahor
Xonanda:
Dineyra
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 4, 2014