Dineyra - Gumon

Dineyra

Gumon

Berkindi tabiiy hol soxta talabda,
Beraverma savol chora adabda.
Har tarafimda bor xavf-xatar,
Har takliflarda bor afsundan zarar.
Va gumonli mavzular, o’zga ro’yolar,
Azaliy sayyoralar, baland ostonalar.

Dam-o dam xatardan bor maxfiy darak,
Har safar azaldan sezadi yurak.
Dam-o dam xatardan bor gumon darak,
Gumondan bor darak, gumondan bor darak.
Gumon, gumon.

Dunyo bu jodugar, sezdim to’satdan,
Ko’rdim mano zarar har dam holatdan.
Har tarafimda bor xavf-xatar,
Har takliflarda bor afsundan zarar.
Va gumonli mavzular, o’zga ro’yolar,
Azaliy sayyoralar, baland ostonalar.

Dam-o dam xatardan bor maxfiy darak,
Har safar azaldan sezadi yurak.
Dam-o dam xatardan bor gumon darak,
Gumondan bor darak, gumondan bor darak.
Gumon, gumon.

Bilmayman nimalarni izlayman,
Tinmayman, men o’zimga sig’mayman.
O’yla, izla, top, ko’p savolga javob,
Holatlar xarob, u rohatdan afzalmi azob?

Dam-o dam xatardan bor maxfiy darak,
Har safar azaldan sezadi yurak.
Dam-o dam xatardan bor gumon darak,
Gumondan bor darak, gumondan bor darak.

Gumon, (tegib bo’lmas ayo dilda gumon)
Gumon, (chorlab bo’lmas, u balki oqibati yomon)
(Tegib bo’lmas ayo dilda gumon)
Gumon, (jiddiy ahdga kelib bo’lmaydi hamon).

(Tegib bo’lmas ayo dilda gumon,
Chorlab bo’lmas, u balki oqibati yomon.
Tegib bo’lmas ayo dilda gumon,
Jiddiy ahdga kelib bo’lmaydi hamon.)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Gumon
Xonanda:
Dineyra
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 30, 2014