• Dineyra - Jodu

    Dineyra

    Jodu

    Ishq degani yorug’ nurday kelib,
    Nega asta sekin dilni yaralar.
    Sirga to’la, yoqimli afsundir sevgi,
    Nag’masiga boshing aylanar.

    Balki afsona u, balki taqdiringni o’yini,
    O’g’irlab ketadi, ortga yuragingni, so’rama.

    Jodu, o-o-o jodu,
    Yondiradi nigohlari olov, ko’zlari ohu.
    Jodu, aylaydi jodu,
    Yoqimli azobi, so’zlari makkora sevgi bu. (x2)

    Boylanadi xayoling, uzundan uzun
    Yo’llarida kuning o’tadi.
    G’amga to’la, orzuli dunyodir sevgi,
    Osmonlarga ohing yetadi.

    Balki afsona u, balki taqdiringni o’yini,
    O’g’irlab ketadi, ortga yuragingni, so’rama.

    Jodu, o-o-o jodu,
    Yondiradi nigohlari olov, ko’zlari ohu.
    Jodu, aylaydi jodu,
    Yoqimli azobi, so’zlari makkora sevgi bu. (x2)
    Jodu… jodu… (x2)

    Jodu, o-o-o jodu,
    Yondiradi nigohlari olov, ko’zlari ohu.
    Jodu, aylaydi jodu,
    Yoqimli azobi, so’zlari makkora sevgi bu. (x2)
    Jodu…