• Dineyra - Xiyonat

    Dineyra

    Xiyonat

    Ko’rmagan edingku ko’zing bilan,
    O’ldirdingku meni so’zing bilan,
    Aytgin menga, qaysi yuzing bilan
    Bugun meni xiyonatda ayblading?

    Sevgimizni asir qilgan afsus,
    Bizning gullar ko’zyosh to’kar ma’yus,
    Ishon, lek seni sevaman xanuz,
    Lekin meni xiyonatda ayblading.

    Balki tun bo’yi yig’lagan yomg’ir
    Seni deb to’kilgan ko’z yoshimdir,
    Oyoq ostindagi mahzun xazon
    Men qalbimni ochgan sirdoshimdir?

    Balki bahorda muzlagan gullar –
    Yuragimdagi baxtsiz muhabbat,
    Qaydan bilasan, balki borliging
    Meni yashash uchun undar faqat?

    Faqat men qiynalaymi?
    Faqat men qiynalaymi?
    Sen ham tatib ko’rgin
    Rashkning azoblarini. (x2)

    Endi sevgimizga bahor qaytmas,
    Binafshalar bizga sirin aytmas,
    Yuragimni ezma, hozir paytmas,
    Jonim, meni xiyonatda ayblading.

    Menga o’rgatgin yashashni sensiz,
    Balki juda baxtlidirsan mensiz?
    Ne bo’lsa ham qalbimda sen yolg’iz,
    Nega meni xiyonatda ayblading?

    Balki tun bo’yi yig’lagan yomg’ir
    Seni deb to’kilgan ko’z yoshimdir,
    Oyoq ostindagi mahzun xazon
    Men qalbimni ochgan sirdoshimdir?

    Balki bahorda muzlagan gullar –
    Yuragimdagi baxtsiz muhabbat,
    Qaydan bilasan, balki borliging
    Meni yashash uchun undar faqat?

    Faqat men qiynalaymi?
    Faqat men qiynalaymi?
    Sen ham tatib ko’rgin
    Rashkning azoblarini. (x4)