• Dior - Najot

    Dior

    Najot

    Sensiz davom etmas hayot,
    Seni ko`rishga izlab najot,
    Seni men o`ylab har on,
    Sog`inch ila sarson.

    Borliqdan topmay nigohing,
    Sening vasling, yuzing, ovozing,
    Bedorlik bemor etar meni,
    Bil, kutarman seni.

    Men sevaman seni,
    Sevaman seni, sevaman seni.
    Oramizda masofalar bor,
    Men sevaman seni,
    Sevaman seni, sevaman seni.

    Oramizda masofa, ayriliq va armon,
    Ne bo`lsa ham, ko`nikishga majburman.
    Tan ol, sen ham men kabi taqdirga tan berib,
    Telbalikka duchor bo`ldim sensizlikni sezib.

    Men unutolmasman seni hech qachon,
    Sen so`nggi nafasgacha qalbimdasan, ishon.
    Endi chiqmasdan quyosh qadamlarim sen tomon,
    Yurak berolmas bardosh, manziling mendan uzoq.

    O`zgalardan izladim sening ovozingni,
    Nigohingni, go`zal visolingni.
    Yetish uchun qadringga,
    Natijasi tengdir bir tiyinga.

    Tunim bedor, qaniydi seni ko`rsam yana bir bor,
    Yo`q ekan sendaka inson bu dunyoda.
    Va faqat sen menga keraksan armonda,
    Azobda qoldirding nechun, ayt?
    Tun-u kun seni o`ylayman, jonim qayt.

    Sensiz davom etmas hayot,
    Seni ko`rishga izlab najot,
    Seni men o`ylab har on,
    Sog`inch ila sarson.
    Borliqdan topmay nigohing,
    Sening vasling, yuzing, ovozing,
    Bedorlik bemor etar meni,
    Bil, kutarman seni. (x2)

    O`tar ekan kunlar, so`ng esa yillar,
    O`zgarish o`rniga bo`lar battar,
    Sog`inch tirnar, ko`zlarim hamon seni izlar.
    Qaniydi seni ko`rsam, iltimos sendan,
    Sen bo`l yonimda, ko`z o`ngimda.
    Ko`zlaring bilan ko`zlarimga
    Kulib boq, yo`q dema, Layli,
    Yagonam, hayotimning mazmunisan abadiy.

    Men bu kunni kutarman hamon har on,
    O`sha kundan buyon, ushbu soniyagacha.
    So`nggi nafasgacha qalbimdasan, ishon,
    Men unutolmasman seni hech qachon.

    Yo`q ekan sendek inson bu dunyoda,
    Va faqat sen manga keraksan, armonda,
    Azobda qoldirding nechun, ayt?
    Tun-u kun seni o`ylayman, jonim qayt.

    Sensiz davom etmas hayot,
    Seni ko`rishga izlab najot,
    Seni men o`ylab har on,
    Sog`inch ila sarson.
    Borliqdan topmay nigohing,
    Sening vasling, yuzing, ovozing,
    Bedorlik bemor etar meni,
    Bil, kutarman seni. (x2)

    Men sevaman seni,
    Sevaman seni, sevaman seni.
    Oramizda masofalar bor,
    Men sevaman seni,
    Sevaman seni, sevaman seni.