Diyor guruhi - Omon yor

Diyor guruhi

Omon yor

(Omon-omon yor-yor…
Yor-yor… yor-yor…(x2))

Asta-asta, yurak xasta,
Qayg`ularim bo`lib dasta,
Qoldim-ey, qoldim-ey.
Onda-sonda ishq tomonda,
Yolg`iz o`zim dil armonda
Qoldim-ey, qoldim-ey.

Sog`inch to`lib qaldimda,
Sevging kulib, yo`llarim nurga to`lib,
Ishqingda qoldim men.
Orzularim, dilimdagi bu so`zlarim,
Ko`zlaringga ko`zlarim termulib,
Yondim men.

Omon-omon yor-yor, sog`inchlarim yomon yor,
Sen-la parvoz etadi, qayg`u ila armon ketadi.
Omon-omon yor-yor, kelsaydi men tomon yor,
Senga chorlab turadi, duk-duk yurak uradi. (x2)

Yonib-yonib, qayg`u to`lib,
Xayoling-la tong uyg`onib,
Sevdim-ey, sevdim-ey.
Kezib-kezib, qalbim ezib,
Sog`inganingni men sezib,
Keldim-ey, keldim-ey.

Sog`inch to`lib qaldimda,
Sevging kulib, yo`llarim nurga to`lib,
Ishqingda qoldim men.
Orzularim, dilimdagi bu so`zlarim,
Ko`zlaringga ko`zlarim termulib,
Yondim men.

Omon-omon yor-yor, sog`inchlarim yomon yor,
Sen-la parvoz etadi, qayg`u ila armon ketadi.
Omon-omon yor-yor, kelsaydi men tomon yor,
Senga chorlab turadi, duk-duk yurak uradi. (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Omon yor
Xonanda:
Diyor guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 9, 2016