Diyor guruhi - Yolg'izim

Diyor guruhi

Yolg’izim

Sen ketgan kundan boshlab ko`zlarimda nam,
Yuragimni bir senga berib bo`lganman.
Tunu kun endi sensiz halovatim yo`q,
Seni unutay deyman, iloji yo`q.

Sensiz aslo yuzimda quvonch ko`rinmas,
Sensiz hatto ko`zimda o`zim o`zimmas.
Ishon, yolg`izim, seni yomon sog`indim,
Har kuni ko`zyoshimdan ovundim.

To`kilar ko`zlarimdan yomg`irlar sensiz,
Orzular, nahot qaytmas u damlar, esiz.
Yolg`izim, senga ham, ayt qiyinmi mensiz?
Sevganim sen eding, hayotimda tengsiz.

Qachongacha bu dardlar vujudim ezar?
Sen ham meni sevasan, yuragim sezar.
Bir bor ko`rarmikan deb, kezaman hamon,
Ko`nikolmayman, sog`indim, ishon.

Bunchalar bizning taqdir shafqatsiz bo`lsa,
Qaniydi ko`zlaringni so`nggi bor ko`rsam.
Seni degan yuragim qo`lingga tutib,
Yashar edim o`zimni unutib.

To`kilar ko`zlarimdan yomg`irlar sensiz,
Orzular, nahot qaytmas u damlar, esiz.
Yolg`izim, senga ham, ayt qiyinmi mensiz?
Sevganim sen eding, hayotimda tengsiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yolg’izim
Xonanda:
Diyor guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 4, 2016