[Madina Mumtoz]
Baxtimni izlab bormadim,
Baxtim izlab keldi meni.
Uchratganim – baxt desam ham,
Baxtim deyolmadim sizni.

[Diyor Mahkamov]
Baxtingni izlab bormading,
Baxting bo’lib keldim men.
Yolg’iz Tangrim guvohida,
Yashirganim – baxtim sen.
Yashirganim – baxtim sen.

Balkim qiynalaman, buni bilaman,
Balkim vaqti kelib afsus qilaman.
Orzularim armon bo’ldi,
Taqdirimiz shunga ko’ndi. (x2)

[Madina Mumtoz]
Tanladingiz nima uchun,
Yoki bormidi bir gunohim?
Faryod chekib qolaverdim,
Bo’g’zimda alamli ohim.

[Diyor Mahkamov]
Tanladi men emas yurak,
Xabaring yo’qdir holimdan.
Sensiz hayot kerak emas,
Oh, to’ydim shirin jonimdan.
Oh, to’ydim shirin jonimdan.

[Madina Mumtoz]
“Baxtingiz ziyoda bo’lsin”,
Hayqirar unsiz bir nido.
Sizni endi tark etaman,
Afu etgaysiz, alvido!

[Diyor Mahkamov]
Baxt ham mendan yuz o’girib,
Tomirda jo’shib urdi qon.
G’uncham ochilmayin turib,
Armon qo’lida berdi jon.
G’uncham ochilmayin turib,
Armon qo’lida berdi jon.

Balkim qiynalaman, buni bilaman,
Balkim vaqti kelib afsus qilaman.
Orzularim armon bo’ldi,
Taqdirimiz shunga ko’ndi. (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Balki
Xonanda:
Diyor Mahkamov, Madina Mumtoz
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 11, 2014