• Bir kuni yo maysa, giyoh bo`laman,
    Shunda ham holingdan ogoh bo`laman.
    Burgut bo`lib, cho`qqing izlab topaman,
    Sendan bir dam ayro tushmayman, Vatan.

    Yo yomg`ir bo`laman, bo`laman shabnam,
    G`unchalar kiprigin aylajakman nam.
    Nogoh xazon misol to`kilganda ham,
    Sendan bir dam ayro tushmayman, Vatan. {x2}

    Otamsan, bobomsan, tarixing azal,
    Onamsan, momomsan, oydanda go`zal.
    Dunyo sharbatlaridan suvlaring afzal,
    Sendan bir dam ayro tushmayman, Vatan.

    Mayli tikonlaring qonatsin qo`lim,
    Mayli izg`irinlar qilsinlar zulm.
    Sen rozi bo`lsang bas, onajon elim,
    Sendan bir dam ayro tushmayman, Vatan.

    Sendan xayolda ham ketmayman nari,
    Onasini quchgan farzand singari.
    Ishqim ortib borar sevganim sari,
    Sendan bir dam ayro tushmayman, Vatan. {x2}

    Otamsan, bobomsan, tarixing azal,
    Onamsan, momomsan, oydanda go`zal.
    Dunyo sharbatlaridan suvlaring afzal,
    Sendan bir dam ayro tushmayman, Vatan.
    Jonim Vatan!