Dj Piligrim - Eslamay qo'shiq matni, lyrics

Dj Piligrim

Eslamay

Ko`r bo`lsin mening ko`zlarim –
Sening shahlo ko`zlaringni men ko`rmay.
Kar bo`lsin-a quloqlarim –
Sening shirin ovozing eshitmay.

Tilim kesib tashla – isming so`zlamay,
Qo`lim uzib tashla – qo`llaring ushlamay.
Oyog`imdan mahrum qil – yura olmay,
Eslarimni sarson qil – seni eslamay.

O, eslamay ham kuymayin,
Sen baxtli yashagin-u men o`layin.
O`layin va qayta tirilayin,
Ertadan yangi hayotim boshlayin.

New life, new life,
Happy new day, new day.
New life, new life,
Baby new way, new way. (x2)

Bor uyimdagi narsam sindir,
Yondirib yubor mening kiyimlarim.
Mayda-mayda, maydalab tashla
Mening aftim bor rasmlaring.

Suvda cho`kdir meni – sen deb yonmay,
Meni bo`g`ib qo`y – sen bilan nafas olmay.
Meni zaharla ko`p qiynamay,
Meni o`ldir – yolg`iz sen deb yashamay.

O, eslamay ham kuymayin,
Sen baxtli yashagin-u men o`layin.
O`layin va qayta tirilayin,
Ertadan yangi hayotim boshlayin.

New life, new life,
Happy new day, new day.
New life, new life,
Baby new way, new way. (x2)

O, eslamay ham kuymayin,
Sen baxtli yashagin-u men o`layin.
O`layin va qayta tirilayin,
Ertadan yangi hayotim boshlayin.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Eslamay
Xonanda:
Dj Piligrim
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 20, 2017