Dj Piligrim - Unutmasang bas qo'shiq matni, lyrics

Dj Piligrim

Unutmasang bas

Yer-u oy har doim birga,
Yodingda tut, yodingda tut.
Yer-u oyni hech kim ajrata olmas,
Yodingda tut, yodingda tut.

Osmondagi oyni ko`rmasang ham,
Yoningdaman, yoningdaman.
Yer-u oyga masofa hech narsa emas,
Yodimdasan, yodimdasan.

Unutmasang bas,
Unutmasang bas,
Biz bir ekanligimizni
Unutmasang bas. (x2)

Ko`z yumsam, sening visoling,
Ko`z oldimdasan, oldimdasan.
Ko`z yumsam men – sening ko`zlaring,
Yonimdasan, yonimdasan.

Osmondagi oyni ko`rmasang ham,
Yoningdaman, yoningdaman.
Yer-u oyga masofa hech narsa emas,
Yodimdasan, yodimdasan.

Unutmasang bas,
Unutmasang bas,
Biz bir ekanligimizni
Unutmasang bas. (x2)

Sening borliging meni to`ldirar,
Men to`liqligim – bu san.
Sening tabassuming cheksiz bir baxt,
Sen borliging men uchun baxt.

Unutmasang bas,
Unutmasang bas,
Biz bir ekanligimizni
Unutmasang bas. (x2)

Yodimdasan, yodingda tut,
Yodimdasan, yodingda tut,
Yodimdasan, yodingda tut,
Yodimdasan… (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art) va Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Unutmasang bas
Xonanda:
Dj Piligrim
Muallif:
Ilkhom Yulchiev
Bastakor:
Ilkhom Yulchiev
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 28, 2017