Dj Yamin - Andishali

Dj Yamin

Andishali

Yonimdan o`tdi pari,
Shirin ekan mushkanbari.
Qosh-ko`zi tim-tim qora,
O`zbegimning sof dilbari.

Andishali, andishali,
Sipo kiyingan, andishali.
Qarasam ham, gapirsam ham
Hattoki parvo qilmadi.

O`zi go`zal, istarali,
Yurishi-turishi na’munali.
Hammaning keladi havasi,
Iboli, hayoli, ma’noli.

Ey yor-ey, go`zal yor-ey,
Uyingizga sovchi olib boray.
Nozlanib, pardozlanib,
Egningizga atlas kiyib oling.

Ey yor-ey, go`zal yor-ey,
Uyingizga sovchi olib boray.
Nozlanib, pardozlanib,
Ko`k choydan bir quyib yuboring.

Yuziga oftob boqsa,
Yaltiraydi gul yanog`i.
Qoshlari o`xshaydi yoyga,
Kiprigi-kiprigi ilmog`i.

Andishali, andishali,
Sipo kiyingan, andishali.
Qarasam ham, gapirsam ham
Hattoki parvo qilmadi.

O`zi go`zal, istarali,
Yurishi-turishi na’munali.
Hammaning keladi havasi,
Iboli, hayoli, ma’noli.

Ey yor-ey, go`zal yor-ey,
Uyingizga sovchi olib boray.
Nozlanib, pardozlanib,
Egningizga atlas kiyib oling.

Ey yor-ey, go`zal yor-ey,
Uyingizga sovchi olib boray.
Nozlanib, pardozlanib,
Ko`k choydan bir quyib yuboring.

O`zi go`zal, istarali,
Yurishi-turishi na’munali.
Hammaning keladi havasi,
Iboli, hayoli, ma’noli.

Ey yor-ey, go`zal yor-ey,
Uyingizga sovchi olib boray.
Nozlanib, pardozlanib,
Egningizga atlas kiyib oling.

Ey yor-ey, go`zal yor-ey,
Uyingizga sovchi olib boray.
Nozlanib, pardozlanib,
Ko`k choydan bir quyib yuboring.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Andishali
Xonanda:
Dj Yamin
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 13, 2016