Doniyor Fayz (Toshmuhammedov) - Feruzabonu

Doniyor Fayz

Feruzabonu

Jonim, sizni xo’b saylab,
Chiroy beribdi Olloh.
Shu chiroyni avaylab,
Yashirib yurmoq kerak. (x2)

Qoshu kipriklar maysa,
Ko’zingiz misli ohu.
Bizni majnun etmasdan,
Keling, Feruzabonu. (x2)
Keling, Feruzabonu.

Qoshi kamalak Feruzabonu,
Sochi jamalak Feruzabonu.
Qoshi kamalak Feruzabonu,
Sochi jamalak Feruzabonu. (x2)

Sizga gul chiroy bergan
Olloh ishq berdi bizga.
Men yonib bo’ldim, endi
Insof ham bersin sizga. (x2)

Lutf aylabon bir kelib,
Holim so’ray deysizmu?
Yo sizni deb zor bo’lib,
Yurganim bilmaysizmu? (x2)
Yurganim bilmaysizmu?

Qoshi kamalak Feruzabonu,
Sochi jamalak Feruzabonu.
Qoshi kamalak Feruzabonu,
Sochi jamalak Feruzabonu. (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Feruzabonu
Xonanda:
Doniyor Fayz
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 16, 2016