Doniyor Fayz (Toshmuhammedov) - Yana sizni esladim

Doniyor Fayz

Yana sizni esladim

Osmon uzra oy to`lib,
Yulduz sirli porlasa,
Bog` sayriga chorlasa,
Jonim, sizni esladim. (x2)

G`uncha ochib yuzini,
Bulbul navo etganda,
Jonga orom yetganda
Yana sizni esladim. (x2)
Yana sizni esladim.

Oydan oppoq yuzingiz,
Tundan qaro ko`zingiz,
Aqlim olgan kechada
Jonim, sizni esladim. (x2)

Tongda esdi shamollar,
To`zib ketdi xayollar,
Men borliqni unutib,
Yana sizni esladim.

Men borliqni unutib,
Yana sizni esladim. {x3}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yana sizni esladim
Xonanda:
Doniyor Fayz
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 12, 2016