So’zlaringiz jonimga madad otajonimsiz,
Suyangan tog’im abad otajonimsiz. (x2)

Nelar boshga solmas bu hayot,
Siz borsizki ko’nglimiz obod,
Kaftingizda g’amlarga najot.
Har kunda hamrohim otajonimsiz,
Ham do’stim ham rozim otajonimsiz.

So’zlaringiz jonimga madad,
Suyangan tog’im abad otajonimsiz. (x2)

Har davralarda yuzim yorug’,
Siz tufayli qozondim dovrug’,
Ustoz degan nomingiz ulug’ otajonimsiz.
Har kunga hamrohim otajonimsiz,
Ham do’stim ham rozim otajonimsiz.

So’zlaringiz jonimga madad,
Suyangan tog’im abad otajonimsiz. (x2)

Jondan sevar bizday erkatoylarini,
Obod qilar har bir borgan joylarini,
Farzand bo’lib olay doim duolarini,
Har kunda hamrohim otajonim,
Ham do’stim ham rozim otajonim.

Onam ham siz – bolam deb bedor,
Akam ham siz – tark etgan bahor,
Yolg’izginam, baxtimga siz bor otajonimsiz.
Har kunda hamrohim otajonimsiz,
Ham do’stim ham rozim otajonimsiz.

So’zlaringiz jonimga madad otajonimsiz,
Suyangan tog’im abad otajonimsiz.
Yaxshiyam baxtimga siz bor, otajonimsiz,
Otajonimsiz, otajonimsiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Otajon
Xonanda:
Doston Ubaydullaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 6, 2014