• Yuragim nimagadir kechalari bedor,
    Xayolim yana seni izlab qoldi intizor.
    Hayotim armonidir o’sha go’zal sevgim,
    Yillarim o’tgan sayin seni qo’msar yuragim.

    Sog’inib o’tadi umrim,
    Beg’uborgina tanho sevgilim,
    Sen tomon yo’q endi yo’lim, sog’indim.
    Sog’inib o’tadi umrim,
    Endi birgina xayol ovunchim,
    Sog’inib yig’ladi ko’nglim, sevgilim.

    Nimaga o’shanda men qo’lingdan tutmadim,
    Qalbimda yonib turgan sevgim senga aytmadim?
    Men xato o’ylagandim – sevishgan har odam,
    Dunyoda yashar faqat ko’ngil berolgan yor bilan.

    Sog’inib o’tadi umrim,
    Beg’uborgina tanho sevgilim,
    Sen tomon yo’q endi yo’lim, sog’indim.
    Sog’inib o’tadi umrim,
    Endi birgina xayol ovunchim,
    Sog’inib yig’ladi ko’nglim, sevgilim.

    Sog’inib o’tadi umrim… (sevgilim)
    Sog’inib o’tadi umrim… (ovunchim)