Boshqacha edi dunyo,
Rang-barang edi go’yo,
Quvnar edi nigohlar
Bizlar uchrashgan chog’lar.

G’am neligin bilmasdik,
Dardni ko’zga ilmasdik,
Yo’q edi dilda dog’lar
Bizlar uchrashgan chog’lar.

Yo’q edi dilda dog’lar
Bizlar uchrashgan chog’lar.

Sog’indingmu sen ham u damlarni?
Unutib barcha dardu g’amlarni?
Aytgin, sening qalbing ham xohlarmi
O’sha bizlar uchrashgan chog’larni?

Lali-lali-lay, lali-lali-lay,
Lali-lali, lali-lali, lali-lali-lay.
Lali-lali-lay, lal-la-lali-lay,
Lali-lali, lali-lali, lali-lali-lay.

Yodingdami ikkimiz,
Qalblardagi sevgimiz,
Yangi ungan giyohlar,
Bizlar uchrashgan chog’lar.

Qo’l ushlashib yurardik,
Shirin xayol surardik,
Har kun kezardik bog’lar
Bizlar uchrashgan chog’lar.

Sevdim demasdik tildan,
Bilardik qalbdan, dildan.
Shartmas edi izohlar
Bizlar uchrashgan chog’lar.

Sog’indingmu sen ham u damlarni?
Unutib barcha dardu g’amlarni?
Aytgin, sening qalbing ham xohlarmi
O’sha bizlar uchrashgan chog’larni?
Lali-lali-lay, lali-lali-lay,
Lali-lali, lali-lali, lali-lali-lay.
Lali-lali-lay, lal-la-lali-lay,
Lali-lali, lali-lali, lali-lali-lay. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yoshlik
Xonanda:
Doston Ubaydullaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 20, 2015