• Jim dema, jim dema,
    Aytar so`zlarim ko`p.
    Seva olmading sen hech,
    Ayrilmoqdamiz kech.

    Doimgidek farishtasan,
    Aybsiz har ishdasan.
    Shuncha ozor berding,
    Yetmas, yetmas! Yetmas!
    Ta-da-da-dam!

    Ayt, kimni sen mendan ustun qo`yding?
    Ketmoqdasan sen indamay.
    Yo sevgimni sen do`stlikka yo`yding,
    Yo ayt, xafa qildimmi o`ylamay?
    Bevafo! Ta-da-da-dam! (x2)

    Eshitmaganga olding,
    Savol javobsiz qoldi,
    So`z aytmadi dudoqlar,
    Pirpiradi ko`zlar.

    Bekor sevding, nodon yurak,
    Yig`la endi, giryon yurak.
    Usiz dardlaring hech bitmas,
    Bitmas, bitmas!
    Ta-da-da-dam!

    Ayt, kimni sen mendan ustun qo`yding?
    Ketmoqdasan sen indamay.
    Yo sevgimni sen do`stlikka yo`yding,
    Yo ayt, xafa qildimmi o`ylamay?
    Bevafo!

    Bevafo, o`-o`-o`-o`-o`-o`, {x3}
    Bevafo! Ta-da-da-dam!

    Ayt, kimni sen mendan ustun qo`yding?
    Ketmoqdasan sen indamay.
    Yo sevgimni sen do`stlikka yo`yding,
    Yo ayt, xafa qildimmi o`ylamay?
    Bevafo! Ta-da-da-dam! (x2)