Eldido guruhi - Seni deb

Eldido guruhi

Seni deb

Taqdir boshimga soldi
Og’ir bir savdo, ayladi ravo.
Azobli alamlarda
Meni qiynama, yagonam.

Ikki ko’zimga tor ko’rinar dunyo,
Yolg’izman go’yo.
Dardimga malham bo’l, jonim,
Yonimda bo’l, erkam.
(Nega dunyo biri kam?)

Seni deb uradi yuragim-ey,
Jonimdan ham ortiq sevaman men,
So’nggi nafasim qadar, bilginki,
Borligimsan sen, muhabbatim sen. (x2)

(Seni deb uradi yuragim-ey. (x2))

Ey, yuzi hilolim,
Baxtim o’zing, jonim.
Eng shirin xayolim –
Sen jufti halolim.

Chin muhabbat nega
Aylandi yolg’onga?
Ishongin sevgimga,
Dildagi mehrimga.

Seni deb uradi yuragim-ey,
Jonimdan ham ortiq sevaman men,
So’nggi nafasim qadar, bilginki,
Borligimsan sen, muhabbatim sen. (x4)

Seni deb uradi yuragim-ey.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Seni deb
Xonanda:
Eldido guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 27, 2014

O'xshash qo'shiqlar matnlari