Chertib aytsak, chinningizning jilosi to’kilmasmu? {x2}
Bir silasak, barmog’ingiz xinosi to’kilmasmu? {x2}
Qarab qo’ysak, ko’zingizning libosi to’kilmasmu?

Kuydursangiz ko’nglimiz bu dunyoga kul sochar,
Jilmaysa jamolingiz, jon olguvchi gul ochar. (x2)

Dilbarim, dilimizning zorini aytgim keldi,
Dilbarim, dilingizning torini chertgim keldi. (x2)
Jismimda asragan gul – jonimni tutgim keldi.

Ey gulim, guldan o’zga bulbul kimga dil ochar?
Yuzingiz yog’dulari yondirib-la nur sochar. (x2)

Ko’rsak ko’klamdek ko’klab, bog’-bo’stonga sig’madik,
Yer nadur, yeng tutganda tanda jonga sig’madik.
She’r nadur, g’azal nadur, yuz dostonga sig’madik.

O’ylamang, oh, o’zgalar boshingizdan dur sochar,
Malikam, Mahmud so’zi marvariddek nur sochar. (x2)

Kuydursangiz ko’nglimiz bu dunyoga kul sochar,
Jilmaysa jamolingiz, jon olguvchi gul ochar.
Ey gulim, guldan o’zga bulbul kimga dil ochar?
Yuzingiz yog’dulari yondirib-la nur sochar.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dilbarim
Xonanda:
Erkin Ro'zmetov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 6, 2016