Muhabbat dard birla kelur,
Azobi ham shirin-shirin.
Faqat sevgan dillar bilur
Bu dardning bor sirin-sirin.

Ishq o`zi dard, o`zi davo,
Yorga yorni sevmoq ravo.
Sevgi sirin aylab navo,
Aytayin qay birin-birin?

Oshiq ko`ngil xaridori,
Kibru-havo emas yori.
Chidarmikin magar yori
Tashlasa ko`z qirin-qirin?

Muhabbat dard birla kelur,
Azobi ham shirin-shirin.
Faqat sevgan dillar bilur
Bu dardning bor sirin-sirin. {x2}

Sinab sabru-toqatini,
Egmang oshiq qomatini.
Farhodning baxt-omadimi,
Sizdagi lab irin-irin.

Asl oshiq chidar holga,
Erk bermas hech bir xayolga.
Va’da yo`qdir shakar-bolga,
Garchi nomim Shirin-Shirin.

Muhabbat dard birla kelur,
Azobi ham shirin-shirin.
Faqat sevgan dillar bilur
Bu dardning bor sirin-sirin. (x2)

Bu dardning bor sirin-sirin…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dardli
Xonanda:
Farhod va Shirin
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 24, 2017