• Dedi: “Qaydinsen ey Majnuni gumroh?”
    Dedi Majnun: “Vatandin qayda Ogah?!”
    Dedi: “Nedur sanga olamda pesha?”
    Dedi: “Ishq ichra Majnunliq hamisha.”

    Dedi: “U ishdin o`lmas kasb ro`zi.”
    Dedi: “Kasb o`lsa, basdir ishq so`zi.”
    Dedi: “Kim ishq o`tidin befasona?”
    Dedi: “Kuymay kishi topmas nishona.”

    Dedikim: “Kuymagingni ayla ma’lum.”
    Dedi: “Andin erur jox ahli mahrum.”
    Dedi: “Qay chog`din o`ldung ishq aro mast?”
    Dedi: “Ruh ermas erdi tang`a payvast.”

    Dedi: “Bu ishqin inkor qilg`il.”
    Dedi: “Bu so`zdin istig`for qilg`il.”
    Dedi: “Oshiqqa ne ish ko`p qilur zo`r?”
    Dedi: “Furqat kuni ishqiy balo sho`r.”

    Dedi: “Ishq ahlining nedur hayoti?”
    Dedi: “Vasl ichra jonon iltifoti.”
    Dedi: “Kim dilbaringning der sifotin?”
    Dedi: “Til g`ayratidin tutmon otin.”

    Dedi: “Kim ishqig`a kõnglung o`rundur?”
    Dedi: “Ko`nglimda jondek yoshirundir.”
    Dedi: “Vaslig`a bor sen orzumand.”
    Dedi: “Bormen xayoli birla xursand.”

    Dedi: “Joningni olsalar yodi?”
    Dedikim: “Ushbudir jonim murodi.”
    Dedi: “Ko`nglung fido qilsa jafosi?”
    Dedi: “Jonimni ham aylay fidosi.”

    Dedi: “Bu ishqning tarki yaxshiroqdur?”
    Dedi: “Bu sheva oshiqdin yiroqdur.”
    Dedi: “Ol ganju, qo`y mehrin nihoni.”
    Dedi: “Tufroqqa bermonkim yoni.”

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.