• Istaram yetsam quyundek gul uzorim qoshig`a,
    Ollida tufrog` o`lub evrulsam aning boshig`a. (x2)

    Xora uzra lola butkondek erur har yerda qon, {x2}
    Boqsalar jismimg`a otqan har malomat toshig`a. {x2}

    Istaram yetsam quyundek gul uzorim qoshig`a,
    Ollida tufrog` o`lub evrulsam aning boshig`a.

    Ko`zlarimdin yosh oqizg`ay, balki qon beixtiyor, {x2}
    Har kishikim solsa ko`z giryon ko`zum qon yoshig`a. {x2}

    Istaram yetsam quyundek gul uzorim qoshig`a,
    Ollida tufrog` o`lub evrulsam aning boshig`a.

    Ishq dashti zog`ining minqoridur yoqutrang,
    Go`yiyo tushgandurur la`ling haloki loshig`a.

    Ko`zlarim qilsun sadaf, kirpiklarim etsun qalam,
    Bo`lsa dur boisti zebo suvrating naqqoshig`a.

    Ko`p tajammul sotmag`il, ey charxkim, har kavkabing
    Bir diramcha yo`qturur dayri fano qalloshig`a,
    Fano qalloshig`a.

    Istaram yetsam quyundek gul`uzorim qoshig`a,
    Ollida tufrog` o`lub evrulsam aning boshig`a.

    Har guharkim vasfida sochti Navoiy nazmidin,
    Ul pari devona deb bir tosh otar podoshig`a. (x2)

    Malomat toshig`a… Ko`zim qon yoshig`a…

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.