Ohlarim zoye, yetmadi senga zorim, sanamjon,
Yonar alam otashida, dilda borim, sanamjon.
Kuydirgi bo’lar sanamlar a’losi, alamjon,
Nozi ila xush yoqadi tamannozi, alamjon.

Vafo nima bilmading, sanamjon,
Jafoni kam qilmading, sanamjon.

Alam qilsin, alam-o, alamjon,
Mani qoshim qalam-o, alamjon. (x2)

Sen o’zing farishta-yey, munisi dil, sanamjon,
Sinadi sabrim kosasi nozingdan chin, sanamjon.
Men o’zim senga hanuz anisi dil, alamjon,
Sabr qilsa chin baxtiga yetar ko’ngil, alamjon.

Vafo nima bilmading, sanamjon,
Jafoni kam qilmading, sanamjon.

Alam qilsin, alam-o, alamjon,
Mani qoshim qalam-o, alamjon. (x2)

Ohlarim zoye, yetmadi senga zorim, sanamjon,
Yonar alam otashida, dilda borim, sanamjon.
Kuydirgi bo’lar sanamlar a’losi, alamjon,
Nozi ila xush yoqadi tamannozi, alamjon.

Vafo nima bilmading, sanamjon,
Jafoni kam qilmading, sanamjon.

Alam qilsin, alam-o, alamjon,
Mani qoshim qalam-o, alamjon. (x2)

Nozi go’zal sanamjon, so’zi asal sanamjon,
Nozim go’zal alamjon, so’zim asal asaljon.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sanamjon
Xonanda:
Farhod va Shirin
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 7, 2015