Sevgining qadrini bilar insonlar, tirik jonlar,
Ishq deya berilgan necha qurbonlar, ne zamonlar.

Sevgiga baxshida necha dostonlar, rost-yolg’onlar,
Mahf eta bilmas sevgini zindonlar, qatag’onlar.

Ishqni qayerdan bilsin ahli nodonlar, u yomonlar,
Oshiq ko’zlar, to karami naysonlar, qora qonlar.

Jonim-a tanho sevgilim, umrim-a ma’no sevgilim,
Ko’nglim-a dunyo sevgilim, qalbim saningdir, yetmaganingdir.

Jonim-a tanho sevgilim, umrim-a ma’no sevgilim,
Ko’nglim-a dunyo sevgilim, qalbim saningdir, ketmaganingdir.

Oshiqqa kun yo’qdir, bilmam oh nega bundoq,
Azaldan bu javob – bu topishmoq, eski jumboq.

Oshiqlar ko’zida yoshlari munchoq, yana har chog’,
Xiyonatdan so’ng aylar bag’rin chok yana aldoq.

O’lsa kafani oshiqlar, bayroq bo’ladi oq,
Shul oshiqqa faqat bera olar firoq qora tuproq.

Jonim-a tanho sevgilim, umrim-a ma’no sevgilim,
Ko’nglim-a dunyo sevgilim, qalbim saningdir, yetmaganingdir.
Jonim-a tanho sevgilim, umrim-a ma’no sevgilim,
Ko’nglim-a dunyo sevgilim, qalbim saningdir, ketmaganingdir. (x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevgilim
Xonanda:
Farhod va Shirin
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 3, 2015