• Dil mehrga zor ekan,
    Jonga ishq ozor ekan,
    Nega jon yonar desam,
    Qaro ko`zing bor ekan.

    Jon mehrga yor ekan,
    Dilga ishq bahor ekan,
    Nega dil o`ynar desam,
    Shakar so`zing bor ekan.

    Oh, mani yondirar
    Qaro ko`zlaring sani.
    Aqlimdan tondirar
    Shirin so`zlaring sani.

    Oh, mani yondirar
    Qaro ko`zlaring sani.
    Aqlimdan tondirar
    Asal so`zlaring sani.

    Sani ko`rgim keladi,
    Birga yurgim keladi,
    Shu qaro ko`zlaringga
    Jonim bergim keladi.

    Sani ko`rgim keladi,
    Suhbat qurgim keladi,
    Shu asal so`zlaringga
    Jonni bergim keladi.

    Oh, mani yondirar
    Qaro ko`zlaring sani.
    Aqlimdan tondirar
    Shirin so`zlaring sani.

    Oh, mani yondirar
    Qaro ko`zlaring sani.
    Aqlimdan tondirar
    Asal so`zlaring sani.

    Oshiq ko`ngil sinmasin,
    Hijronga dil ko`nmasin,
    Shudir asl murodim,
    Shahlo ko`zing so`nmasin.

    Oshiq ko`ngil sinmasin,
    Armonli gul unmasin,
    Asli shudir murodim,
    Shakar so`zing tinmasin.

    Mani-mani yondirar
    Qaro ko`zlaring sani.
    Aqlimdan tondirar
    Shirin so`zlaring sani.

    Oh, yana mani yondirar
    Qaro ko`zlaring sani.
    Aqlimdan tondirar
    Asal so`zlaring sani.

    Oh, mani yondirar
    Qaro ko`zlaring sani.
    Aqlimdan tondirar
    Shirin so`zlaring sani.

    Oh, mani yondirar
    Qaro ko`zlaring sani.
    Aqlimdan tondirar
    Asal so`zlaring sani.