Farhod va Shirin - Yoshlikda

Farhod va Shirin

Yoshlikda bergan ko’ngil

Ko`kda varrak bor edi,
O`shanda bahor edi.
Bir qizcha menga qarab,
Kulib turgan yor edi.

Ko`kda varrak bor edi,
O`shanda bahor edi.
Yigitcha unga qarab,
Kulishimga zor edi.

Men senga bir gap aytaman – hech kim bilmasin,
Yoshlikda bergan ko`ngilni ayro qilmasin.
Men senga bir gap aytaman – birov bilmasin,
Yoshlikda bergan ko`ngilni judo qilmasin.

Qarab turib yuziga,
Binafshadek ko`ziga,
Yuragimni o`shanda
Aytolmadim o`ziga.

Qarolmasdan yuziga,
Boqolmasdan ko`ziga,
Yuragimni o`shanda
Aytolmadim o`ziga.

Men senga bir gap aytaman – hech kim bilmasin,
Yoshlikda bergan ko`ngilni ayro qilmasin.
Men senga bir gap aytaman – birov bilmasin,
Yoshlikda bergan ko`ngilni judo qilmasin.

Bahor edi o`sha payt,
O`sha damga, gulim, qayt.
Yoqishini o`sha qiz
Aytarmiding, dilim, ayt?

Bahor edi o`sha payt,
O`sha damga, dilim, qayt.
O`sha yigit yoqishin
Aytarmiding, gulim, ayt?

Men senga bir gap aytaman – hech kim bilmasin,
Yoshlikda bergan ko`ngilni ayro qilmasin.
Men senga bir gap aytaman – birov bilmasin,
Yoshlikda bergan ko`ngilni judo qilmasin.

Hamon xayol varrakda,
Hamon bahor yurakda,
O`sha qizni hali ham
Yaxshi ko`rsam kerak-da.

Hamon xayol varrakda,
Hamon bahor yurakda,
O`sha yigit hali ham
Menga yoqsa kerak-da.

Men senga bir gap aytaman – hech kim bilmasin,
Yoshlikda bergan ko`ngilni ayro qilmasin.
Men senga bir gap aytaman – birov bilmasin,
Yoshlikda bergan ko`ngilni judo qilmasin.

Yoshlikda bergan ko`ngilni xato qilmasin.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yoshlikda bergan ko’ngil
Xonanda:
Farhod va Shirin
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 4, 2016