Farruh Komilov - Mini-mini

Farruh Komilov

Mini-mini

Oddiy so’zlardan qo’shiq yasab,
Yoqimli nolalar bilan bo’yab,
His-tuyg’uda bastalab,
Aytsam ham tushunmaysan.

Keldim bir necha martalab,
Ko’nglim uchun ham parvo qilmaysan.
Chiroyli, ammo bag’ri toshsan.
Sevgi nima bilmaysan,
Sen hali judayam yoshsan.

Mini-mini, mini-mini, oppog’oyim mani,
Kichi-kichi-kichkintoyim.
Rosa-rosa, rosa-rosa laqillatib mani,
Chopqillab yuradi doim. (x2)

Tushunolmayman nima sabab
Kulasan oynadan nozli qarab?
Yuraman xayolparast,
Uxlamay to ertalab.

Seni deb har kun parvona,
O’taman darvozangning yonidan.
Holim so’ramading bir bora,
Men hali hamon ovora, men haliyam ovora.

Mini-mini, mini-mini, oppog’oyim mani,
Kichi-kichi-kichkintoyim.
Rosa-rosa, rosa-rosa laqillatib mani,
Chopqillab yuradi doim. (x2+x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Mini-mini
Xonanda:
Farruh Komilov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 8, 2015