Oshiqlaring poyingga gul otib ham bo’ldi,
Xilvatlarda labingdan bol totib ham bo’ldi,
Va bu haqda kimlargadir sotib ham bo’ldi,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Yor uyida mohirasan necha zamonlar,
Yaxshini ham yomon deydi o’zi yomonlar,
Yolg’onligi oshkor bo’lar bir kun gumonlar,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol. (x2)

Sen opasan, sen singilsan yo mehribon qiz,
Ibolisan, hayolisan, mudom yorug’ yuz,
Shunday go’zal zebolarga ta’zimdadirmiz,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Sen onasan – parvonasan go’dakkinangga,
O’g’ilmi qiz farzand bersin etakkinangga,
Goh bolangning so’zi botar yurakkinangga,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol. (x2)

Asli bu bog’ ermaklarning borar yeri sen,
Rostu yolg’on ertaklarning borar yeri sen,
Asov otdek erkaklarning borar yeri sen,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Qirqta joni bor deb gohi qarolmaganmiz,
Goh olisda yurib, holing so’rolmaganmiz,
Yor bo’lib, lek goh do’sting bo’lolmaganmiz,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Muqaddas ayol
Xonanda:
Farruh Komilov, Ravshan Komilov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 19, 2015