• Farrux Komilov - Yaxshiyam borsan

    Farruh Komilov

    Yaxshiyam borsan

    Yolg’iz oqshom bag’rida
    Qolsa ikki yuraklar,
    Yaralarkan yangidan
    Aytilmagan tilaklar.

    Yaxshiyam borsan, tanamda jonsan,
    Toki hayotman yonimda yorsan.

    Eng shirin bu kechalarda
    Bag’ringdan hech ketgim yo’q,
    Bu so’zlarni o’zingdan
    O’zgasiga aytgim yo’q.

    Yaxshiyam borsan, tanamda jonsan,
    Toki hayotman yonimda yorsan.

    Qalbingda ne sirlaring bor,
    Shuni men bilgim kelar bir bor.
    Yana qaytguncha o’sha bahor,
    Men seni ko’rgim kelar takror.
    Bizning baxtli kechalar,
    Yoqimlidir shunchalar.

    Yaxshiyam borsan, tanamda jonsan,
    Toki hayotman yonimda yorsan.

    Yaxshiyam borsan, yorsan, yorsan…