Farrux Ahmedov - Yana bir kun

Farrux Ahmedov

Yana bir kun

Yoronlar ichra tanlaganim o’zingsan xumor,
Begona etma, uzoq ketma, qilma vayrona,
Dilorom o’zing, yurakka yoqqanim o’zing dildor.
Oromim buzma, ovoralar qilmagin-ey bekor,
Yagonam bo’lishing uchun etay seni hayrona,
Etma zor-zor, xayolim intizor, ko’chalarda bemor.

Osmonlarda uchay – bo’l yonimda,
Seni olib ketay uzoq o’lkalarga.
Mayli-mayli, muhabbatim, nozlar etma,
Abadiy yashaylik birga, hayotimdan uzoq ketma.

Yana bir kun, mana shu kun yuragim aylama bedor,
Yana senga aytaman shu so’zlarni, jonim-a, takror:
Bo’ldim intizor.
Yana seni deb, mana seni deb bo’ldim-a telba-yu bemor,
Nega holing bunchalar mahzun, deya bermaysan savol?
Qilma intizor.

Hayotim buzma, mazmuni o’zingdursan bekor,
Baribir sening jamolingga o’zim sarsona,
Manzilim o’zing, borar joyim, sen tomonga jon xumor.
Oromim buzma, ovoralar qilmagin-ey bekor,
Yagonam bo’lishing uchun etay seni hayrona,
Etma zor-zor, xayolim intizor, ko’chalarda bemor.

Osmonlarda uchay – bo’l yonimda,
Seni olib ketay uzoq o’lkalarga.
Mayli-mayli, muhabbatim, nozlar etma,
Abadiy yashaylik birga, hayotimdan uzoq ketma.

Yana bir kun, mana shu kun yuragim aylama bedor,
Yana senga aytaman shu so’zlarni, jonim-a, takror:
Bo’ldim intizor.
Yana seni deb, mana seni deb bo’ldim-a telba-yu bemor,
Nega holing bunchalar mahzun, deya bermaysan savol?
Qilma intizor.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yana bir kun
Xonanda:
Farrux Ahmedov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 7, 2016