Farrux Sobirov - Sevgim olov

Farrux Sobirov

Sevgim olov

Yonsin dunyo… yonsin dunyo…

Ey, ishq ekan bu shirin qayg’u,
Qalbga cho’g’ solar tuyg’u.
Voh, seni suyaman, rashkdan kuyaman,
Vasling izlab dunyo kezaman.

Sevgim olov, yondirar mani,
Jondan o’tar azoblari.
Kechmam qaro ko’zlaringdan,
Asal, shakar so’zlaringdan.

Yonsin dunyo olovlarda,
Qoldim ishqning sinovlarida.
Dardimni ol, yonimda qol,
Kel, kel gulim, yorim bo’laqol. (x2)

Gul yuzlari, yoqar nozlari,
Atirguldek pardozlari.
Unutib bo’lmas, kechgim kelmas,
Yurak yutsa-da qiynoqlari.

Sevgim olov, yondirar mani,
Jondan o’tar azoblari.
Kechmam qaro ko’zlaringdan,
Asal, shakar so’zlaringdan.

Yonsin dunyo olovlarda,
Qoldim ishqning sinovlarida.
Dardimni ol, yonimda qol,
Kel, kel gulim, yorim bo’laqol. (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevgim olov
Xonanda:
Farrux Sobirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 27, 2016