• Hayotingga o`zga birov kirib kelsa,
    Sening ota-onang faqat uni tanlasa,
    Menga hammasini aytish qo`lingdan kelmasa,
    Faqat o`tinaman, jonim, meni aldama.

    Bilasan, yolg`onni juda yomon ko`raman,
    Hech kimga ishonmay seni yaxshi ko`raman.
    Qadamingda yuzim, yuzimga qo`yma oyoq,
    Faqat o`tinaman, jonim, meni aldama.

    Xizmat yuzasidan ketsam agar olisga,
    Xiyonat qilmagin men niyati xolisga.
    Men seni sevaman, sog`inishdir masofa,
    Faqat o`tinaman, jonim, meni aldama.

    Ko`chada yo uyda yoki o`qish paytida,
    Ko`p o`tirma faqat shu Telegram saytida.
    Hali sen juda yosh, boshingga urma tosh,
    Faqat o`tinaman, jonim, meni aldama.

    Ey, mening g`uncha gulim,
    Sendan to`qdir bu ko`nglim.
    Yolg`ondan afzal o`lim,
    Faqat meni aldama.
    Ko`zlaringda ko`zlarim,
    So`zlaringda so`zlarim,
    Izlaringda yuzlarim,
    Faqat meni aldama. (x2)

    Qaysi tomonga qarasang, hamma siqilgan,
    Yolg`onning ketidan boshlari egilgan.
    Arzimagan bir sabab, oqibat ayriliq,
    Faqat o`tinaman, jonim, meni aldama.

    Bilasan-a, seni juda yaxshi ko`raman,
    Sen juda yaxshisan, buni yaxshi bilaman.
    Sening ko`zlaringda faqat vafoni ko`raman,
    Faqat o`tinaman, jonim, meni aldama.

    Bir og`iz aytib qo`y, ko`chaga chiqqing kelsa,
    Bir og`iz aytib qo`y, agar aylanging kelsa.
    Men seni tushunaman, axir ishonaman,
    Faqat o`tinaman, jonim, meni aldama.

    Sevishdan to`xtasa mabodo yuraging,
    Menga intilmasa mabodo ko`zlaring,
    Meni sog`inmasa agarda vujuding,
    Faqat o`tinaman, jonim, meni aldama.

    Ey, mening g`uncha gulim,
    Sendan to`qdir bu ko`nglim.
    Yolg`ondan afzal o`lim,
    Faqat meni aldama.
    Ko`zlaringda ko`zlarim,
    So`zlaringda so`zlarim,
    Izlaringda yuzlarim,
    Faqat meni aldama. (x2)