• Farrux Hamrayev - Mo'min Oripov xotirasiga qo'shiq matni, lyrics

    Farrux Xamraev

    Biloljon (Mo’min Oripov xotirasiga)

    Ushbu qo`shig`imni xalqimiz sevgan inson Mo`min Oripov xotiralariga bag`ishladim.
    Ilohim, Mo`min aka, joyingiz jannatda bo`lsin. Bizlar, oila a’zolaringiz,
    xalqimiz sizni juda ham sog`indik. Joyingiz jannatda bo`lsin.

    G`arib dunyoda g`arib onajon,
    Farzand dog`idan bo`ldi xasta jon.
    Ayoli yig`laydi, lek endi topmaydi,
    Ostonadan otasini izlagan Biloljon.
    Dod, otasini ostonadan izlagan Biloljon,
    Endi otasiz qoldimi murg`ak bolajon?

    G`arib bu dunyoda g`arib onajon,
    Farzand dog`idan bo`ldi xasta jon.
    Ayoli yig`laydi, endi topmaydi,
    Ostonadan izlar otasin Biloljon.

    Ko`kda quyosh bo`lib yurmaysizmi?
    Mehr ko`zlar bilan kulmaysizmi?
    Sog`indik hammamiz, kelmaysizmi?
    Ostonadan izlar otasin Biloljon.

    Azondan derazamga yomg`ir tomchilar,
    Balki bu yomg`ir, balki ko`zyoshdur.
    Eslasam, etimni sog`inch chimchilar,
    Ostonadan izlar otasin Biloljon.

    Yosh bo`lib qabrga mezbon bo`ldingizmi?
    Shu qabr umrini jannat qildingizmi?
    Hammamiz ketarmiz, alam qilgani –
    Ostonadan izlar otasin Biloljon.

    Ismingiz o`zingizga yarashardi,
    Ollohim suygani, deyishardi.
    Hatto bir ko`rish uchun jon berishardi,
    Ostonadan izlar otasin Biloljon.

    Qarshingizda bosh egardiku tog`lar,
    Hech qaysi gulini qizg`onmasdi bog`lar.
    Qayda qoldi endi o`shal baxtli chog`lar?
    Ostonadan izlar otasin Biloljon.

    Qalblarda chaqnagan bir dur edingiz,
    Ko`ngilni yoritgan bir nur edingiz.
    Nechun endi qisqa umr ko`rdingiz?
    Ostonadan izlar otasin Biloljon.

    Hovlimiz to`rida bir ajib holat,
    Farishtadek paydosiz, bu ne sinoat?
    Akajonim, sog`indik sizdagi hislat,
    Ostonadan izlar otasin Biloljon.

    San’at ahli nomingizga duo qilishar,
    Qalbi toza, iymoni pok, mo`min bilishar.
    Jannati bo`ling, doim savob tilashar,
    Ostonadan izlar otasin Biloljon.

    Jahongir akam ham ichlarin yedi,
    Ayriliq azobi yonlarida yeldi.
    Sizsiz xizmatda yolg`izlar endi,
    Ostonadan izlar otasin Bilolbek.

    Ota-ona, uka, opa-singillar,
    Akam uchun har namoz duo qilinglar.
    Ne bo`lsa hamki, taqdir, peshona,
    Sabrli bo`ling doim, opam Kamola…

    Ilohim, joyingiz jannati bo`lsin.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.