• Farrux Hamrayev - Bo'larim bo'ldi qo'shiq matni, lyrics

    Farrux Xamraev

    Bo’larim bo’ldi

    Bo`larim bo`ldi, umidim o`ldi,
    Yoningda kim, u axir sandan bo`sa oldi.
    Ko`zga qon to`ldi, tugadi bo`ldi,
    Sanga o`lgan kunlarim qo`llarimda qoldi. (x2)

    Mani aldading, vafo qilmading,
    Yoningda edim, lekin ko`rmading.
    Nahot sezmading, yonib ketmading,
    Olovdek eding, nega muzlading?

    Tun chorlasa, tunga ergashib,
    Ketmoqdasan kimga ergashib?
    Nahot taqdiring ketdi chalkashib,
    Yuribsan bugun yo`ldan adashib.

    Bo`larim bo`ldi, umidim o`ldi,
    Yoningda kim, u axir sandan bo`sa oldi.
    Ko`zga qon to`ldi, tugadi bo`ldi,
    Sanga o`lgan kunlarim qo`llarimda qoldi. (x2)

    Sevganimda qadrimga yetmading,
    Bir bora holim so`rmading,
    O`zingcha kim deb o`ylading san mani?
    Hammadan ustun ko`rardim,
    Telbalarcha man sevardim,
    Vafolisan deb o`ylardim man sani.

    Toshga urildimi desam boshim,
    Bag`ritoshga urilibman,
    Sandaka insondan chetga surilibman.
    Bugundan man uchun endi yo`qsan,
    Ko`rsam endi deyman “kimsan?”,
    Ahvolimni bugun bilsam ezilibman.

    Bo`larim bo`ldi, umidim o`ldi,
    Yoningda kim, u axir sandan bo`sa oldi.
    Ko`zga qon to`ldi, tugadi bo`ldi,
    Sanga o`lgan kunlarim qo`llarimda qoldi. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Jasur Shohga minnatdorchilik bildiramiz.