Eslamay deymanu, yana eslab kelasan,
Har kelganingda yana tinchimni buzasan.
Ko`zlaringga yosh olib, unday sen qarama,
Manzilida adashgan mehrimni so`rama.

Baxtli bo`lamiz derding, va’dalaring qani?
Va’dalar berar eding, vafolaring qani?
Qilgan xatolaringni oqlashga urinma,
Qorlarda muzlab bo`lgan mehrimni so`rama.

Endi kech, foyda yo`qdir, so`ramagin sevgimni,
Endi kech, topolmaysan yo`qotilgan qadrimni.
Endi kech, ne kuylarga solib ketding baxtimni,
Endi kech, ketavergin, yangilamay dardimni. (x2)

Meni tinch qo`y, ko`zlarimga ko`rinma aslo,
Meni tinch qo`y, yuragimga bo`lmading davo.
Meni tinch qo`y, bizning sevgi shunchaki havo,
Sevgimiz uchib ketdi, hammasi uchib ketdi. (x2)

Endi kech, foyda yo`qdir, so`ramagin sevgimni,
Endi kech, topolmaysan yo`qotilgan qadrimni.
Endi kech, ne kuylarga solib ketding baxtimni,
Endi kech, ketavergin, yangilamay dardimni.

Endi senda umuman ko`nglim yo`q, sen meni kechir,
Unutganman seni bir amallab, sen meni kechir.
O`zing boshlading hamma yolg`onni, xatoying o`chir,
Endi senga qayta olmayman, sen meni kechir. (x2)

Meni tinch qo`y, ko`zlarimga ko`rinma aslo,
Meni tinch qo`y, yuragimga bo`lmading davo.
Meni tinch qo`y, bizning sevgi shunchaki havo,
Sevgimiz uchib ketdi, hammasi uchib ketdi.

Endi kech…

Ushbu qo’shiq matni uchun Shahriyor Toshev (@shaxrickpro)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Endi kech
Xonanda:
Boburbek, Farrux Xamraev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 19, 2016