Farrux Hamrayev - Jonim bolam

Farrux Xamraev

Jonim bolam

Muhabbatimiz mevasi o`zingsan, jonim bolam,
Oilamizning erkasi o`zingsan, jonim bolam.
Bugun tug`ilding bolam, xush kelibsan jajji bolam,
Sabr bilan kutdik seni, shiringina, jajji bolam.

Vujudida asrab seni, oyijoning mehr berdi,
Orzuyimga yetdim bolam, seni bizga Xudo berdi,
Orzularga yetdik bolam, seni bizga Xudo berdi.

Voy, voy, voy, voy buncha shirin,
Voy, voy, voy, voy buncha go`zal.
Xudo berdi o`g`ilmi, qizmi,
Bolajonim hammadan asal.

Voy, voy, voy, voy buncha shirin,
Voy, voy, voy, voy buncha go`zal.
Oyijonim, siz ham bir qarang,
Nevarangiz hammadan asal.
Otajonim, siz ham bir qarang,
Nevarangiz hammadan asal.

Ovunchog`im, qo`g`irchog`im, shiringina toychog`im,
Biram jajji qo`lchalaring, o`pay desam yuzlaring.
Bo`lib senga yaxshi ota, qo`g`irchoqlar olib beray,
To hayotman, senga bolam faqat mehrimni beray.

Onajoning senga atab paypoqchalar to`qigan,
Vujudida asrab, bolam, seni to`qqiz oy kutgan.
Buvijoning, dodajoning senga intizor, bolam,
Yuzingdagi nurlaringni ko`rsin bu yorug` olam.

Voy, voy, voy, voy buncha shirin,
Voy, voy, voy, voy buncha go`zal.
Xudo berdi o`g`ilmi, qizmi,
Bolajonim hammadan asal.

Voy, voy, voy, voy buncha shirin,
Voy, voy, voy, voy buncha go`zal.
Oyijonim, siz ham bir qarang,
Nevarangiz hammadan asal.
Otajonim, siz ham bir qarang,
Nevarangiz hammadan asal.

Voy, voy, voy, voy buncha shirin,
Voy, voy, voy, voy buncha go`zal.
Xudo berdi o`g`ilmi, qizmi,
Bolajonim hammadan asal.

Voy, voy, voy, voy buncha shirin,
Voy, voy, voy, voy buncha go`zal.
Oyijonim, siz ham bir qarang,
Nevarangiz hammadan asal.
Otajonim, siz ham bir qarang,
Nevarangiz hammadan asal.

Muhabbatimiz mevasi o`zingsan, jonim bolam,
Oilamizning erkasi o`zingsan, jonim bolam.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Jonim bolam
Xonanda:
Farrux Xamraev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 15, 2016