Farrux Hamrayev va Fahriddin - Kollej qizlari qo'shiq matni, lyrics

Farrux Xamraev

Kollej qizlari

[Farrux Hamrayev]
“Hamza”ning sho`x qizlari,
Yarashgan-ey nozlari.
Erkalanib yuradilar,
Jodu aylar ko`zlari.

Yolg`on emas – chiroylisiz,
Qalbi toza, hayolisiz.
Vaqti kelsa nozlar qilib,
Rosa o`zingiz olasiz.

Ey noz-noz qilavering,
Doim o`ynab-kulavering.
“Hamza”ning go`zallari,
O`zbekona yuravering. (x2)

[Fahriddin]
Ey, mana endi bitta gap,
Faqat ular kamgap.
Man ulardan o`rgilay,
Ana zo`ri “Barovskiy”.

Doim hurmat qiladi,
Hurmatini biladi.
Borganimda atrofimda
Rosayam aylanadi.

Sevmaganni sevdirar,
Hayotidan to`ydirar.
Aytganini qilmasalar,
To`satdan ukol urar.

Sizlarga go`zal qomat,
O`qishinglarga omad.
“Barovskiy”ning qizlari
Ajoyib-u alomat.

[Farrux Hamrayev]
“O`n olti”ning qizlari
Shirin olma yuzlari.
Yuzlaridan nur yog`ilar,
Uyatchandir yuzlari.

Ko`zlarida mehri bor,
Oddiylardan qilmas or.
Vafo, ibo, hayosi bor,
Kelajakda go`zal yor.

Ey noz-noz qilavering,
Doim o`ynab-kulavering.
“Hamza”ning go`zallari,
O`zbekona yuravering. (x2)

[Fahriddin]
Ped, ped, “Pedagog”,
Mana senga oliygoh.
Bu o`qishning qizlari
Kuydirdi, voy-dod.

Yurishlari boshqacha,
Kulishlari boshqacha.
Suhbatini ololsang,
Uxlamaysan tonggacha.

Muomalani o`rgatar,
Kayfiyatni ko`tarar.
“Pedagog”ning qizlari
Bir-biridan o`tar.

Barcha o`qish qizlari,
Kulib tursin ko`zlari.
Xafagarchilik yo`g`-a?
Sizlar uchun “Paqi tog`a”.

[Farrux Hamrayev]
Barcha “o`qish” qizlari,
shirin olma yuzlari
qadringizni bilinglar
odobli qiz bo`linglar
Barcha yigit ko`nglini
hayo bilan olinglar
Bir-biringiz chindan sevib
diom bahtli bo`linglar

Ey noz,noz qilvering
Doim o`ynab kulavering
Hamzaning go`zallari
o`zbekona yurabering(x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kollej qizlari
Xonanda:
Farrux Xamraev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 31, 2018