Farrux Hamrayev - Otam menga aytganlar

Farrux Xamraev

Otam menga aytganlar

Otam menga aytganlar –
Halol bo’lgin, pok bo’lgin.
Nomard bo’lma dushmanga ham,
Yuzimdagi nur bo’lgin.

Onam menga aytganlar –
Saxiy bo’lgin, kamtar bo’l.
Elga xizmat qilib doim,
Mukarram-u aziz bo’l.

Otam menga aytganlar –
Duoda bo’l, dilda bo’l.
Qo’ling cho’zgin yiqilganga,
Savobda bo’l, xassa bo’l.

Onam menga aytganlar –
Inson bo’lgin, odam bo’l.
Nafsing tiyib yurgin doim,
Insofda bo’l, tog’ri bo’l.

Otam menga aytganlar –
Orzuda bo’l, havas bo’l.
Kimdir seni qattiq sevsa,
Ishonchda bo’l, yori bo’l.

Onam menga aytganlar –
Ozod bo’lgin, botir bo’l.
Ustozlaring kabi sen ham
Xofiz bo’lgin, shoir bo’l.

Otam menga aytganlar –
Sherlarga sher bo’lgin deb.
Kimlar seni yomon ko’rishsa,
Shularga ham sher bo’l deb.

Onam menga aytganlar –
Musofirga qul bo’l, deb.
Mehmon qilgin, rozi aylab,
Oshno bo’lgin, do’st bo’l deb.

Otam menga aytganlar –
Shukurli bo’l, shodon bo’l.
Navbat kelar mehnat qilganga,
Sabrli bo’l, og’ir bo’l.

Onam menga aytganlar –
Toza yurgin, pok yurgin.
Har bir ishing unumli bo’lar,
Bilmilloh, deb erta turgin.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Otam menga aytganlar
Xonanda:
Farrux Xamraev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 27, 2016