Dog` bo`lmasdi hech bir yoqam,
Chang yo`q edi xonada,
Ko`nglim taskin topar edi
Go`zal singlim yonida.

Bugun uydan singlim ketar,
Yor-yor bilan, yor bilan.
Yelkasida iffat bilan
Hamda nomus-or bilan.

Oppoq ko`ngil, oqqushginam,
Yuzi nurli quyoshginam.
Uchmoqdasan orzu tomon,
Manzil tomon, qushginam.

Akasiga mehmon ekan
Bugun bildim singillar,
Yig`lar ekan ketar chog`i
Bildirmayin ko`ngillar.

Og`ir mehnat ko`rgan singlim,
Tosh yo`llarda yurgan singlim,
Yuzlarimga oyoq qo`ymay,
Yuzim yorug` qilgan singlim.

Yoningda yor umidvor,
Ikkingiz ham beg`ubor,
Yetmishda ham, saksonda ham
Bo`lsin sizga Alloh yor.

Oppoq ko`ngil, oqqushginam,
Yuzi nurli quyoshginam.
Uchmoqdasan orzu tomon,
Manzil tomon, qushginam.

Akasiga mehmon ekan
Bugun bildim singillar,
Yig`lar ekan ketar chog`i
Bildirmayin ko`ngillar.

Dog` bo`lmasdi hech bir yoqam,
Chang yo`q edi xonada,
Ko`nglim taskin topar edi
Go`zal singlim yonida.

Bugun uydan singlim ketar,
Yor-yor bilan, yor bilan.
Yelkasida iffat bilan
Hamda nomus-or bilan.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Singlim
Xonanda:
Farrux Xamraev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 9, 2016