• Oppoq qor yog`averadi, astalab sekindan-sekin,
    Yanada maydalab tushadi tepadan.
    Go`yoki sehrli bir nur, hattoki tunni qiladi u kun,
    Qorlarga burkanish, o`zgacha ko`rinish,
    Soflikka intilish, ko`zlarga tikilish,
    Bir-birini erkalash va so`nggisi – ayrilish.
    Va ketidan doimgidek, doimgidek siqilish.

    Nimasi bu, qanaqa bu sinov? Bir parchagina qor,
    Kelgunicha qo`llarimizga beayb yetib kelar.
    Shu kickinagina parcha eplagan narsani
    Nega ba’zi go`zallar uddalay olmas?

    Albatta bo`yi yetguncha kimdurga bo`lgan o`yinchoq,
    Qo`llarida qo`g`irchoq, ko`z tegmasin deya
    Yana taqar ko`zmunchoq. Nimasi bu, nimasi bu?
    Oppoq qor yog`ganida esimda, yo`llar muzlagandi,
    Yursa sirpanardi, kimdir yiqilardi.
    Ba`zilar kulardi, esimda haliyam, kuldirgan mani ham,
    Shu jajji qizaloq yomon sirpangandi, yomon yiqilgandi.

    Ko`pchilik kulgandi, rosa uyalgandi,
    Hazil-hazil bilan yoniga borgandim.
    Qo`llaridan tutib, uni turg`izgandim,
    U yerga qarardi, biroz og`rinardi,
    Chunki sirpanishdan qo`li og`rigandi.

    Astalab yurishga harakat qildik biz,
    Uyiga borguncha tanishib oldik biz.
    Manzilga yetganda uyalib qarardi,
    Nimadir degisi, degisi kelardi.

    Mayli, boraqolay, dedim indamagach,
    O`zizni avaylang, deya hayrlashdim.
    O`sha kun boshimni savollar qamradi,
    O`sha kun ko`zimni o`sha qiz qamradi.

    Uyqumda ham o`sha, yurganimda ham o`sha,
    Oynada ham o`sha, xullas faqat o`sha.
    Halovat yo`qoldi, ko`zimda ko`z qoldi,
    Tunlarim uzunday, bo`ying keskinday,
    Nimadur bo`lib bo`ldi, hislarim uyg`ondi,
    Yuragim manimcha uni sevib qoldi.

    Oppoq qor yog`averar,
    Qora tunni oppoq kundek ko`ray deb.
    Oppoq qor yog`averar,
    Balki o`tmish izlarni o`chiray deb,
    Yana qor yog`averar,
    Toki, oq ko`ngillarga do`st bolay deb.
    Tinmay qor yog`averar,
    Shirin lahzalarga duch kelay deb.

    O`zimni yo`qotib qo`yganim bilaman,
    Ertasiga bordim o`sha manzil tomon.
    Kutishga qarorni o`sha on chiqardim,
    Kelib qolar, deya sog`inib kutardim.

    Oradan uzoq vaqt o`tdi, hali u yo`q,
    Odamlar keladi, lekin hali u yo`q.
    Umidim so`nardi, kun ham qorayardi,
    Yuragim sezganday, o`shani kutardi.

    Peshonam emas u ekan, deganimda,
    Orqadan keldi shirin kulguning ovozi.
    Qarasam, o`sha ekan, zo`rg`a qadam bosar,
    Balki sirpanishdan, balkim qo`lidagi shishadan.

    Kechagi qarashlar, kechagi yurushlar,
    Umuman yo`q edi, unda ko`rinmasdi.
    Men bilgan qizaloq, men sevgan qizaloq,
    Nahotki shu bo`lsa, ko`zlarim aldansa?

    Achinarli holat, yonida bor bir yigit,
    Har ikkita gapida yuzlaridan o`padi.
    Bekorga kutibman, ko`cha juda sovuq,
    Sovuqligi mayliga, bularning qilmishi sovuq.
    Kuzatdim ularni, qizga gapiray deya,
    Nima bu qilmishing, ozgina uyal deya.

    Kuzatib uyiga yigit hayrlashdi,
    Ketishi bilanoq o`zga yaqinlashdi.
    O`pishib ko`rishish qizga odat ekan,
    Achom-achom qilish odatiy hol ekan.

    Dardi boylik ekan, mashina-yu pul ekan,
    Qiz bola deganim bir sovuq ayol ekan.
    Har kuni qabulida aqli yo`q, puli bor,
    Keladi maqsadi yo`q, lekin boy otasi bor.

    Ertaga ne bo`lar, kimga u osilar?
    Yaxshini topadi, so`ngra uni ham xor qilar.
    O`ylanib qarasam hayot qiziq ekan,
    Qor chiroyli, lekin ifori sovuq ekan.
    Chiroyli o`sha qizning chiroyi bo`lsa ham,
    Qilig`i sovuq ekan, o`tmishi sovuq ekan.

    Sovuq degan ibora, balki shunga sovuq,
    Sovuq so`zining o`zi manimcha ham sovuq?
    Faslda bor sovuq, sevgida bor sovuq,
    Go`zalikda bor sovuq, bu qanaqa sovuq?

    Oppoq qor yog`averar,
    Qora tunni oppoq kundek ko`ray deb.
    Oppoq qor yog`averar,
    Balki o`tmish izlarni o`chiray deb,
    Yana qor yog`averar,
    Toki, oq ko`ngillarga do`st bolay deb.
    Tinmay qor yog`averar,
    Shirin lahzalarga duch kelay deb. (x2)