• Xiyonat, nega buncha sovuq isming,
    Kimda yashar, tushunmayman sening jisming?
    Avval boshqa eding, hozir boshqachasan,
    Axir o`zing meni uniki deb bilarding.

    Xiyonat, faqat yorimga tegmagin,
    Hali u yosh, endi uni aldamagin.
    Bilasan, uni man judayam sevaman,
    U ketsa mendan agar, aqlimdan ozaman.

    Xiyonat, nega har kun yonidasan,
    Men yo`g`imda uning nega qo`llaridasan?
    Hozir u o`zgargan, afsus yo`llaridasan,
    Xiyonat, nega uning ongidasan?

    Xiyonat, nega sevgi xafa undan,
    Nega vafo ketaman deydi bugundan?
    Qani aytgin, xafa bo`lay endi kimdan,
    Xiyonat, ko`ngling to`lmadi nimadan?

    Uni tinch qo`y, ko`zlariga ko`rinmay,
    Uni tinch qo`y, yuragiga berkinmay.
    Bizni tinch qo`y, ko`zimizga ko`rinmay,
    Bizni tinch qo`y, baxtimizni bulg`amay. (x2)

    Xiyonat, nega sening ranging qora,
    Yorug`lik ko`rinmaydi, yuzing qora?
    Yig`latasan yuragini qilib pora,
    Nimaga ayt, yig`lashi kerak bechora?

    Xiyonat, vafoni so`kib haydading,
    Nega ayt, sevgini so`kib haydading?
    Bugun esa yoningda turadi, afsus,
    Sani rejalaring buncha bo`lmasa yovuz?

    Xiyonat, mashinasini maqtama,
    Puli bor deb, yosh yuragini aldama.
    Sovutmagin uni vafoli yoridan,
    Xayolini buzib, kechalari qiynama.

    Xiyonat, uyg`onma faqat kechalar,
    Sevgani bor, sevadi axir qanchalar.
    Hali u juda yosh, ko`ziga olmasin yosh,
    Xiyonat, men bera olmayman bardosh.

    Uni tinch qo`y, ko`zlariga ko`rinmay,
    Uni tinch qo`y, yuragiga berkinmay.
    Bizni tinch qo`y, ko`zimizga ko`rinmay,
    Bizni tinch qo`y, baxtimizni bulg`amay. (x2)