• Farrux Hamrayev - Yana nimalar xohlaysan (Endi farqi yo'q 2)

    Farrux Xamraev

    Yana nimalar xohlaysan

    Kechagi kunni o`chirib, boshqaga ko`chirib,
    Yuragimdan o`zga yurakka cho`qinib,
    U qilib, bu qilib, endi gapirmayman.
    Ishqilib –
    Yana nimalar xohlab oldimga kelasan,
    Yana nimalar xohlab meni qiynaysan?

    Qanaqa Layli, qanaqa Majnun, gapirma,
    Sanmisan Layli? Endi ensalarim qotirma,
    Bor, yo`qol! Umuman ko`zlarimga ko`rinma!

    Yana nimalar xohlab oldimga kelasan,
    Yana nimalar xohlab meni qiynaysan? (x2)
    Havo bulut, manimcha, hozir yomg`ir yog`adi,
    Meni unut, aksincha hammasi zo`r bo`ladi.

    Yana nimalar xohlab oldimga kelasan,
    Yana nimalar xohlab meni qiynaysan?
    Havo bulut, manimcha, hozir yomg`ir yog`adi,
    Meni unut, aksincha hammasi zo`r bo`ladi.

    Keragim yo`q edi-ku o`shanda,
    Maning keragim yo`q edi o`shanda,
    Eh, baribir yana kelibsan-da,
    Keta qolgin, iltimos, sharmanda.

    Yig`lamagin oldimda faqat ataylab,
    Gapirmagin san manga o`dag`aylab,
    Nima desang ham, gapir o`ylab-o`ylab,
    Yig`lamagin oldimda faqat ataylab.

    Yana nimalar xohlab oldimga kelasan,
    Yana nimalar xohlab meni qiynaysan,
    Havo bulut, manimcha, hozir yomg`ir yog`adi,
    Meni unut, aksincha hammasi zo`r bo`ladi. (x2)

    Sen ham mensiz yashab ko`r,
    Sen ham mensiz yashab ko`r,
    Dilda armon bilan,
    Dilda alam bilan!

    Sen ham mensiz yashab ko`r,
    Sen ham mensiz yashab ko`r.

    Bo`ldi, ketaver,
    Ko`zlarimga ortiq ko`rinma.
    Urinma yoqaman deb,
    Hammasi tugab, o`z poyoniga yetib bo`ldi.

    Qanaqa Layli, qanaqa Majnun, gapirma,
    Sanmisan Layli? Endi ensalarim qotirma,
    Bor, yo`qol! Umuman ko`zlarimga ko`rinma!

    Yana nimalar xohlab oldimga kelasan,
    Yana nimalar xohlab meni qiynaysan? (x2)

    Havo bulut, manimcha, hozir yomg`ir yog`adi,
    Meni unut, aksincha hammasi zo`r bo`ladi.

    Yana nimalar… {x4} Bor, yo`qol…